Joriy yilning 26 may kuni "NNT uyi"da Hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga koʼmaklashash markazi Fargʼona viloyat boʼlimining taqdimot yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
👥 Unda Viloyat hokimligi, boshqarma va tashkilotlar, NNT vakillari ishtirok etdi.
Yigʼilishda:
✅Xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini qoʼllab-quvvatlash masalalari boʼyicha sotsiologik tahlil natijalari boʼyicha taqdimot.
✅Davlat xaridlarini amalga oshirishda "Xarid.uzex.uz" portali orqali vujudga kelayotgan kamchiliklar va mazkur yoʼnalishda olib boriladigan chora-tadbirlar loyihasining taqdimoti.
✅ Аholini kambagʼallikdan chiqarishning usuli sifatida charmni qayta ishlash va undan turli aksessuarlar tayyorlash xunarini keng ommalashtirish loyiha taqdimoti.
✅ Fargʼona shahridagi maxalla fuqarolar yigʼinlarida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari, xokim yordamchilari va maxallaning tashabbuskor yoshlardan iborat faollarga ijtimoiy muammolarni hal etishdagi zamonaviy va innovatsion usullar" loyihasining taqdimoti boʼlib oʼtdi.
📑 Yigʼilish yakunida davlat tashkilotlari va markaz oʼrtasida memorandum tasdiqlashga kelishib olindi