Общество
город Ташкент
Oʼzbekistonda fudshering platformalari va oziq-ovqat banklari tashkil etilishi mumkin
Автор: Сабина Акбарходжаева
Дата публикации:23 апреля 2022 г., 1:50

2022 yil 21 aprel kuni Аdliya vazirligi tomonidan “Oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish va kam taʼminlangan aholini bepul isteʼmol mahsulotlari bilan taʼminlash” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Bu haqda Аdliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi xabar bermoqda.

Tadbirda butun dunyo boʼyicha oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligi ortib borayotgani qayd etildi. BMT maʼlumotlariga koʼra, 2019 yilda dunyo boʼyicha ishlab chiqarilgan jami oziq-ovqat mahsulotlarining 1,64 milliard tonnasi (jami oziq-ovqat mahsulotlarining 31 foizi) chiqindiga aylangan. Yoʼqotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining 25 foizi esa butun dunyodagi ochlik muammosini toʼliq hal qilish imkoniyatini beradi.

Maʼlum qilinishicha, Oʼzbekistonda har yili 3 million tonna oziq-ovqat mahsulotlari chiqindiga aylanmoqda. Birgina Toshkent shahrida har kuni 2 tonnaga, yiliga 730 tonnaga yaqin non mahsuloti chiqindiga tashlanadi.

Tahlillarga koʼra, Oʼzbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligiga xayriya qilingan mahsulotlar uchun soliq yukining yuqoriligi, fudshering platformalarining mavjud emasligi, oziq-ovqat banklari faoliyatining yoʼlga qoʼyilmaganligi kabi muammolar sabab boʼlmoqda.

Tadbirda oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligini kamaytirish borasida xorijiy davlatlarda qoʼllanilayotgan choralar, xususan, xayriya faoliyati uchun soliq imtiyozlarini joriy etish, fudshering platformalari va oziq-ovqat banklari faoliyatini rivojlantirish, yaroqlilik muddatini belgilash tizimini takomillashtirish kabilarni Oʼzbekistonda ham joriy etishga, bu boʼyicha qonunchilik hujjatlarini takomillashtirishga kelishib olindi.

818
КОММЕНТАРИИ
Если Вы хотите оставить комментарий Вам необходимоавторизоваться..