Международные
город Ташкент
Huquqshunoslik boʼyicha PhD bosqichi uchun toʼliq grant va yillik stipendiya!
Автор: Сабина Акбарходжаева
Дата публикации:28 апреля 2022 г., 9:11

💡🇬🇧 Huquqshunoslik boʼyicha PhD bosqichi uchun toʼliq grant va yillik 23 ming dollar stipendiya!

Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri Queen Mary University of London intellektual mulk huquqi boʼyicha PhD dasturida oʼqish uchun toʼliq grant taklif etmoqda.

📅 Davomiyligi: 3 yil

👥 Kimlar uchun:

Huquq boʼyicha PhD bosqichida oʼqishni xohlovchilar uchun

Ishtirokchilar uchun talablar:

✅ Nomzod yuqori akademik koʼrsatkichga ega boʼlishi kerak

✅ Nomzod ingliz tilini aʼlo darajada bilish zarur. IELTS kamida 7.5 talab qilinadi

✅ Huquqshunoslik sohasida magistrlik darajasi yoki unga ekvavilent darajaga ega boʼlishi kerak

✅ Nomzod intellektual mulk huquqi boʼyicha saytda koʼrsatilgan mavzulardan birida tadqiqotlar olib borishi lozim.

🏆 Gʼoliblar uchun imkoniyatlar:

💵 Kontrakt toʼlovidan toʼliq ozod qilinadi.

💰 Yiliga 17 ming funt-sterling (taxminan 23 ming АQSh dollari) stipendiya beriladi.

⏰ Roʼyxatdan oʼtish muddati: 2 iyun 2022 yilgacha

Batafsil: https://www.qmul.ac.uk/law/postgraduate/funding/phd-ip/

Manba: https://t.me/uz_grants

510
КОММЕНТАРИИ
Если Вы хотите оставить комментарий Вам необходимоавторизоваться..