Экономика
город Ташкент
YeI va O‘zbekiston 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlikni kengaytirishning yangi dasturini ishga tushirdi
Автор: Сабина Акбарходжаева
Дата публикации:28 апреля 2022 г., 9:28

10 mart kuni Toshkentda Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston uchun 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan yangi ko‘p yillik indikativ dasturini ishga tushirishga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilarga bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Yevropa Ittifoqining xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissari Yutta Urpilaynen videomurojaat bilan chiqdi.

Yevrokomissar, xususan, joriy yilning iyul oyida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqining o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha konferensiyada ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini aytdi. Anjumanda Yevropa diplomatiyasi rahbari Jozep Borrelning ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov va Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adrian ishtirok etdi.

Tadbir davomida 2021−2027 yillarga mo‘ljallangan navbatdagi dastur sikli doirasida Yevrokomissiya bilan ikki tomonlama moliyaviy va texnik hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Yangi indikativ dastur 2021−2024 yillar uchun 83 mln yevro, shu jumladan texnik yordam va budjetni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikda ishlab chiqilgan loyiha va dasturlarga 76 mln yevro, shuningdek fuqarolik jamiyati va inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha faoliyatni qo‘llab-quvvatlash uchun 7 mln yevro ajratadi.

Tomonlar qishloq xo‘jaligi va yashil o‘sishni qo‘llab-quvvatlash, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va raqamlashtirish, jumladan, sud-huquq va transport-logistika tizimlari, sarmoyaviy muhitni yaxshilash, shuningdek, Orol dengizi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha loyiha va tadbirlarni amalga oshirishni muhokama qildilar.

Indikativ dastur islohot Yevropa qadriyatlariga mos keluvchi islohotlar, shu jumladan GSP+ doirasidagi majburiyatlarni amalga oshirish va monitoring qilish uchun turtki beradigan uchta asosiy yo‘nalishga asosiy e’tiborni qaratadi:

  • Demokratik boshqaruv, qonun ustuvorligi va davlat xizmatlari sifatini oshirish sohasidagi hukumat islohotlarini qo‘llab-quvvatlovchi samarali davlat boshqaruvi va raqamli transformatsiya (moliyalashning 17 foizi).
  • Inklyuziv, raqamli va yashil o‘sish, bunda asosiy urg‘u raqamli «yashil» o‘tish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq masalalarni hal qilishni qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi; tabiiy resurslarni (jumladan suv taqchilligida) barqaror boshqarish hamda raqamli savodxonlik, bozorga yo‘naltirilgan «yashil» o‘tish jarayonida ilm-fan va texnologiyalarni qo‘llashni kuchaytirish yo‘li bilan «yashil» ishchi o‘rinlarni tashkil etish mumkin bo‘lgan investitsiyalar va muhitning gender jihatlarni rag‘batlantirish (moliyalashtirishning 40 foizi).
  • Qishloqlarning turmush sharoitini yaxshilash hamda milliy oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash uchun aqlli, yashil va barqaror yondashuvlarni qo‘llash uchun agrooziq-ovqat sektorini modernizatsiya qilish (moliyalashning 36 foizi).

Gender tengligi, inson huquqlari, raqamlashtirish, yoshlar va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik sohasidagi dasturlar (moliyalashning 7 foizi) alohida faoliyat sifatida ishlab chiqilgan va butun indikativ dastur doirasida muhim ahamiyatga ega, deyiladi YeI materialida.

Manba: https://www.gazeta.uz/oz/2022/03/10/eu-uzb/

711
КОММЕНТАРИИ
Если Вы хотите оставить комментарий Вам необходимоавторизоваться..