“Raqamli transformatsiya sari qadam” https://unions.uz fuqarolik jamiyatining raqamli platformasini nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa ishtirokchilari uchun targʼibot va foydalanishni oʼrgatish.
Bugun biz jamiyat hayotining barcha sohalarini sezilarli darajada taraqqiy etayotganining guvohi boʼlib turibmiz. Аnʼanaviy ishlab chiqarish modellarini siqib chiqarilishi, xizmat koʼrsatish sohasiga nisbatan jamoatchilik taʼsirining kuchayb borishi jamiyatdagi taraqqiyot koʼrsatgichidir. Аlbatta yuqorida aytilga natijalarga erishishda axborot texnologiyalarning yordamisiz erishish qiyin desak mubolagʼa boʼlmaydi. Xozirda eʼtibor beradigan boʼlsak, mamlakatimizda raqamlashtirish tobora rivojlanib, jamiyatning barcha sohalariga taʼsir koʼrsatmoqda. Bu yoʼlda amalga oshirlgan birinchi va asosiy qadamlardan biri Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli Oʼzbekiston — 2030» Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi 6079 raqamli farmoni va Raqamli Iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʼgʼrisidagi 4699 raqamli qarori boʼldi.
Raqamli iqtisodiyot – bu iqtisodiy faoliyat boʼlib, unda ishlab chiqarishning asosiy omili raqamli maʼlumotlar hisoblanadi, katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash va tahlil natijalaridan foydalanish. Boshqacha aytganda, bu barcha tashkilotlarning ishiga axborot tizimlari va texnologiyalarini joriy etish, ularni avtomatlashtirish, sohalarni raqamli trasformatsiya qilishdir. Barcha sohalar singari fuqarolik jamiyati sohasini xam raqamli transformatsiya qilishga katta extiyoj bor, sababi malakatni bir maromda rivojlanishida fuqarolik jamiyati institutlarining ahamiyati va roli juda xam muxim, xozirgi davrda qolgan sohalar jaddalik bilan rivojlanyatgan bir paytda fuqarolik jamiyatini ulardan ortda qolishi mamlaka ekotizimida katta dizbalans tugʼdirishi mumkin.
Muammoni qoʼilishi shundaki: Mamlakatda fuqarolik jamiyati sohasida, turli xil yoʼnalishlarda faoliyat yuritaetgan nodavlat notijorat tashkilotlar koʼp va ular soni yanada koʼpaib bormoqda, lekin ularni toʼla qonli faoliyat yuritish uchun hukumat tomonida sharoitlar yaratilgan boʼlsada, aksariyat koʼp NNTlar faoliyatida ichki operatsion jarayonlarni tizimli emasligi, axborot texnologiyalari dasturlari joriy qilinmaganligi, xodimlarning raqamli savodxonligini pastligi, maqsadli auditoriyalari bilan tizimli munosabat yoʼqligi, donorlar uchun NNTlar faoliyati haqida yagona, toʼliq va shaffof maʼlumotlarni yoʼqligi, АKT mutaxasislarni jalb qilishda aksariyat NNTlarni moliyaviy qurbi yetmasligi va qator boshqa muammolar NNTlar va fuqarolik jamiyatining boshqa ishtirokchilarini, toʼlaqonli imkoniyatlari ishlatishda sabab boʼlmoqda
Notijorat tashkilotlarning raqamli transformatsiyasi - bu tashkilotlarning ijtimoiy taʼsirini raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali ikki yoʼnalishda oshirish: ichki aloqa va tashqi auditoriya bilan ishlashni.
Аssotsiatsiya tomonidan fuqarolik jamiyatini raqamli transformatsiya qilish yoʼlidagi ilk qadami sifatida 2020 yilda UNIONS raqamli platformasi yaratilib xozirgi kunlarda takommilashtirish jarayonlari tugatilib, NNTlar, volontyorlar va fuqarolik jamiyating boshqa ishtirokchilari foydalinishlari uchun ishga tushirlgan. UNIONS raqamli platformasining volontyorlar uchun moʼljalangan yana bir domen nomi https://volontyor.biz. UNIONS raqamli platformasi-bu tashkilotlar, volontyorlar va maqsadli guruxlarni oʼzʼaro munosabatlarini avtomatlashtiruvchi platformadir, unda yaratilgan imkoniyatlar va funktsionallar yuqorida aytib oʼtilgan muammolarning 30-40 %ga yechim boʼla oladi. Faqatgina NNTlar, volontyorlar va fuqarolik jamiyatining boshqa ishtirokchilarini raqamli platformadan foydalanishni oʼrgatish va platformani targʼibot qilish zarurdir.