💡🇯🇵 OIST Research Internship: Yaponiyada xarajatlari toʼliq qoplanuvchi amaliyot dasturi!
OIST Graduate School STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohalaridagi tadqiqot amaliyoti dasturi orqali taʼlim va tadqiqot imkoniyatlarini taklif etadi.
📅 Davomiyligi: 2 oydan 6 oygacha. 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 31 martgacha
👥 Kimlar uchun: Bakalavriat yoki magistratura bosqichi talabalari yoki ushbu bosqichlarni tamomlagan bitiruvchilar
Ishtirokchilar uchun talablar:
✅ Nomzodning akademik sohasi tanlagan amaliyot dasturiga mos boʼlishi kerak
✅ Nomzod hozirda tahsil olayotgan boʼlsa taʼlim muassasasidan ruhsat olishi kerak
🏆 Qatnashuvchilar uchun imkoniyatlar:
💵 1 ish kuni uchun 2400 yen (taxminan 21 АQSh dollari) haq.
🛫 Yaponiyaga borish-kelish uchun chipta
🏠 Jihozlangan bepul turar joy va shatl avtobus chiptasi
🗂 Viza, sugʼurta olish va mahalliy roʼyxatdan oʼtish masalalarida yordam.
‼️ Аmaliyot ingliz tilida olib bolriladi
⏰ Roʼyxatdan oʼtish muddati: 15 aprel 2022 yilgacha
Batafsil: https://admissions.oist.jp/apply-research-internship
Manba: https://t.me/uz_grants