Xalqaro
Toshkent shahri
O‘zbekistonlik akseleratorlar uchun ijtimoiy g‘oyalarni jadallashtirish
Muallif: Сабина Акбарходжаева
Nashr qilingan sana:28 марта 2022 г., 12:58

O‘zbekistonlik akseleratorlar uchun ijtimoiy g‘oyalarni jadallashtirish uchun grantlarni moliyalashtirish imkoniyatini beruvchi tanlov e’lon qilindi. Mazkur tanlov АQSh ning Хаlqаrо tаrаqqiyot аgеntligi tоmоnidаn mоliyalаnаyotgаn vа Yevrооsiyo jаmg’аrmаsi tоmоnidаn аmаlgа оshirilаyotgаn bеsh yillik “Markaziy Osiyodagi ijtimoiy innovatsiyalar” (SICA) dаsturining bir qismidir.

📌Grantning maksimal miqdori: $15,000

📅 Loyihaning davomiyligi: 6 oydan 12 oygacha

📎 Ariza topshirishning so’nggi muddati: 30 aprel, 2022 yil

Ijtimoiy g‘oyalarni akseleratsiya – jadallashtirish grantlari O‘zbekistonning istiqbolli yosh yetakchilarini o‘z jamoalarida ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy yoki ekologik taraqqiyotga hissa qo‘shadigan mavjud va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalarni mintaqa bo‘ylab takrorlash yoki kengaytirish yo’lida qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Loyihalar yoshlarga qaratilgan va yoshlarga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

Dastur haqida koʻproq maʼlumot olish va ishtirok etish va ariza topshirish uchun havolaga https://www.eurasia.org/wp-content/uploads/2022/03/SICA_NOFO_SI-Accelerator-Grants_UZB.pdf?fbclid=IwAR0_iyTHdtKafa4ZMmNiqhYI2j4fvbQof-oFoqqG8rvqcyJPl2nc08pBZ-8 o`ting.

Manba: https://t.me/Uchinchi_Sektor va rus tilida https://www.instagram.com/p/CbheYnDscRj/

590
IZOHLAR
Izoh qoldirishni istasangizro'yhatdan o'tishingiz lozim..