🇺🇸 Fashion Incubator Tashkent: Moda sohasidagi startaplar uchun xalqaro inkubator dasturi!
Fashion Incubator Tashkent (FIT): Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati GmmbH (GIZ), "Oʼztoʼqimachiliksanoat" uyushmasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha.
👥 Kimlar uchun:
kamida 18 yosh boʼlgan, biznes gʼoyaga yoki faoliyat yuritayotgan biznesga ega Oʼzbekiston fuqarolari uchun
🔝Nomzodlar uchun talablar:
✅ Moda sanoatida loyiha uchun gʼoyaga ega boʼlish yoki shu sohada 24 oydan oshmagan vaqt davomida biznes faoliyatini yuritayotgan boʼlishi
✅ Dizayn sohasida oʼqishni tugatgan boʼlishi yoki oxirgi semestrda oʼqiyotgan boʼlishi kerak.
‼️Dasturga 15 nafar ishtirokchi saralab olinadi
🏆 Qatnashuvchilar uchun imkoniyatlar:
💵 Dastur mashgʼulotlarida (seminar, lager, mahalliy va xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar) qatnashish mutlaqo bepul.
🖥 Ijtimoiy (soft) va kasbiy (hard) koʼnikmalarni rivojlantirish
📈 Biznes gʼoyani tayyor biznes rejaga aylantirish imkoniyati.
⏰ Roʼyxatdan oʼtish muddati: 2022 yil 30 aprelgacha
Batafsil: https://fit-tashkent.uz/uz/application-uz/
Manba: https://t.me/uz_grants