Xalqaro
Toshkent shahri
АQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati
Muallif: Сабина Акбарходжаева
Nashr qilingan sana:3 июня 2022 г., 11:33

🇺🇸 Humphrey Fellowship Program: АQShda 10 oy malaka oshirish imkoniyati; 

Ushbu dastur Fulbrayt almashuv dasturlari doirasida boʼlib, Oʼzbekistonlik mutaxassislarga АQShga borib, ilmiy unvonsiz magistratura darajasida tahsil olish va oʼz mutaxassisliklari boʼyicha tegishli amaliy tajribaga ega boʼlish imkonini beradi.

👥 Kimlar uchun:

Davlat va jamoat tashkilotlari, xususiy sektorda ishlayotgan boshqaruv qobiliyatiga ega, faol jamoatchi mutaxassislar uchun

🗓 Davomiyligi: 10 oy

Ishtirokchilar uchun talablar:

✅ Tugallangan oliy maʼlumotga ega boʼlishi

✅ Kamida 5 yillik kasbiy mehnat stajiga ega boʼlishi

✅ Oldin АQShda boʼlmagan yoki qisqa muddat davomida boʼlgan boʼlishi kerak.

‼️Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur

🏆 Gʼoliblar uchun imkoniyatlar:

💵 Universitetlarga qabul testlari xarajatlari qoplanadi

🛫 Safar xarajatlari qoplanadi

🗂 J-1 toifasidagi vizani olishga yordam

📨 Tibbiy sugʼurta

💰 Oylik stipendiya va qasbiy rivojlanish mablagʼi. 

⏰ Roʼyxatdan oʼtish muddati: 2022 yil 10 iyungacha

Batafsil: https://uz.usembassy.gov/education-culture/exchange-programs/hubert-h-humphrey-fellowship-program/

Manba: https://t.me/uz_grants

813
IZOHLAR
Izoh qoldirishni istasangizro'yhatdan o'tishingiz lozim..